Seshanba, 19.03.2024, 16:33
ZAMONAVIY PARTAL
Приветствую Вас Гость | RSS

SAYT MENUSI
BO'LIMLAR
VATAN MADHI [1]
SEVGI SHERLARI [1]
HAYOTIY SHERLAR [3]
HAZIL SHERLAR [1]
SOG'INCH SHERLARI [1]
HOTIRA SHERLARI [1]
SEVGI IZHORLARI [1]
SHERIY DOSTONLAR [1]
OTA-ONA HAQIDA [1]
AQILLI GAPLAR [1]
YANGI YIL HAQIDA [1]
8-MART HAQIDA [1]
TURKCHA SHERLAR [1]
RUSCHA SHERLAR [1]
LOVE POEMS [1]
KICHIK CHAT
OVOZ BERING
Yulduzlarga ovoz bering
Всего ответов: 296
STATISTIKA

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » VATAN MADHI

Vatan madhi

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Категория: VATAN MADHI | Добавил: otash (06.12.2009)
Просмотров: 7362 | Комментарии: 32 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 311 2 3 4 »
0
31 Madina   (25.05.2012 11:30) [Материал]
Dilda muhabbatim qilaymi xitob?!
Izhorlarim bo'lur bir doston, kitob.
Tunlari qalbimni yoritgan oftob,
Qanday bo'lsang shunday sevaman, Vatan!

0
30 otash   (06.03.2011 17:45) [Материал]
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

0
29 otash   (06.03.2011 17:24) [Материал]
Ватан менинг юрагимдасан,
Барча орзу тилагимдасан.
Ижодимни бир зум қўймайман,
Куч – қувватсан, билагимдасан

0
28 sherlar   (14.01.2011 00:07) [Материал]
Meningdek sen bir kun, qani, sevib ko’rginchi
Mening kabi qani, bir kun, yona bilginchi
Za’farondek sarg’ayib, sen, so’lib ko’rginchi
Sevolmas, yonolmas meningdek xech kim!

0
27 sherlar   (05.12.2010 13:38) [Материал]
Onamsan, Vatanim, tillo tuprog'im,
Bo'g'zim bir tiqilar seni deganda.
Hilpirayver boqiy go'zal bayrog'im,
Qani edi buni Gdlyan ko'rganda.

0
26 sherlar   (05.12.2010 13:38) [Материал]
Kamolot insonning eng buyuk naqli,
Kamol inson yurtiga keltiradi baxt!
Buyuk davlat ham bu - insonning aqli,
Kamol insonlarning ko'shki tillo taxt!

0
25 sherlar   (05.12.2010 13:37) [Материал]
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

0
24 sherlar   (05.12.2010 13:37) [Материал]
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jaxon!

0
23 sherlar   (05.12.2010 13:37) [Материал]
Истиқлоли кулган юрт, кўнгил бўстоним,
Сенсан менинг юрагим, номусим орим,
Сен учун фидодир минг битта жоним.
Сен менинг Ватаним, Ўзбекистоним,
Тенги йўқ чаманим, тилда достоним.

0
22 sherlar   (05.12.2010 13:36) [Материал]
Истиқлолинг кулди, хурликка тўлдинг,
Бошинг ўзра қуёш, нурликка тўлдинг.
Қора булутлар ҳам, тарқалиб бирдан,
Юзинг очди чирой, Мустақил бўлдинг.

1-10 11-20 21-30 31-31
idth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Имя *:
Email:
Код *:

KIRISH
Login:
Parol:
SMS SHERLAR
QIDIRUV
Block title
SAYTLAR
Copyright MyCorp © 2024
Конструктор сайтов - uCoz