0
hayron bo'ldi. -"Nima bo'ldi?" – deb so'radi u. -"O'qing",- deb unga o'sha o'quvchining inshosini uzatdi. Insho quyidagicha yozilgandi: -Pаrvardigor, bugun sandan alohida bir narsa haqida o'tinib so'ramoqchiman. Mani televizorga aylantirib qo'y...! Ha, xuddi uyimizdagi televizorning o'rnini egallashni istayman. Man ham uyda alohida joyga ega bo'lib, oilamizni o'z atrofimda jam bo'lishini xohlayman. Gapirayotganimda gaplarimni bo'lishmasin, ahamiyatsiz narsalarni gapirmasligimga ishonishsin, diqqat-e'tibor markazida bo'lishni istayman. Agar mani televizorga aylantirib qo'ysang, dadam ishdan charchab kelsalar ham, "Man charchaganman", -demasdan mani yonimda bo'ladila. Agar mani televizorga aylantirib qo'ysang, onam xafa bo'lib, yolg'iz qolganida ham mani e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi, ota-onam hamma narsani tashlab har kuni ozgina vaqt man bilan birga bo'lishsa. Parvardigorim, balki ko'p narsa so'rayotgandirman, lekin chin dildan so'rayapman, iltimos mani televizorga aylantirib qo'y...! O'qituvchining eri bu yozma ishni o'qib bo'lgach hayqirib yubordi: -Dahshatning o'zi bu! Bechora bola! Yig'layotgan ayolidan baland ovozda so'radi: -O'zi qanday axmoq ota-ona ekan ular? Odam degan ham shunchalik bo'ladimi? O'qituvchi ayol yosh to'la ko'zlarini eriga qadab mahzun javob berdi: -Bu inshoni bizning o'g'limiz yozibdi.....
|